«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Airbus A320neo» samolyotidan foydalanishni boshladi
Bugun 14-mart kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi «Airbus A320neo» samolyoti orqali parvozlarga start berdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ilk reys mahalliy vaqt bilan 13:40 da Tashkent-Boku-Tashkent yo‘nalishida amalga oshirilgan.
11-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportiga «Airbus A320neo» samolyoti keltirilgani haqida saytimizda xabar bergan edik.
Ushbu layner ikki klassli komponovkada ishlangan bo‘lib, 150 yo‘lovchini (biznesda - 12ta, ekonom klassda - 138ta) tashishga mo‘ljallangan. Yangi samolyot yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlovchi «CFM Internetional» kompaniyasining LEAP-1A dvigatellari va aerodinamik xususiyatlarini yanada yaxshilash imkonini beruvchi fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilariga nisbatan 20 foizga tejamkordir.
«Airbus A320neo» samolyotining parvoz masofasi 4,5 ming 5 ming kilometrgacha uzaytirilgan. Bu «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter