O‘zbekiston fuqarolari vizasiz qaysi davlatlarga borishi mumkin?

«Henley & Partners» xalqaro kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan viza cheklovlari reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari jahonning 52 davlatiga vizasiz borish huquqiga ega, deyiladi «Norma» xabarida.
Reytingda Germaniya yetakchilik qilmoqda: uning fuqarolari qo‘shimcha hujjatlarni rasmiylashtirmasdan 177 davlatga borishi mumkin. Ikkinchi o‘rinda Shvetsiya (176) bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Finlyandiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya va Buyuk Britaniya bir xil natija (175) bilan qayd etilgan.
O‘zbekiston fuqarolari vizasiz borishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati:
Shimoliy va Lotin Amerikasi
Dominika — 21 kun;
Barbados — 28 kun;
Antigua va Barbuda — 1 oy;
Sent-Vinsent va Grenadin orollari — 1 oy;
Ekvador — 3 oy;
Haiti — 3 oy.
Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:
Boliviya;
Yamayka;
Nikaragua;
Mali;
Palau;
Gambiya;
Burundi;
Kabo-Verde;
Komor orollari;
Jibuti;
Gvineya-Bisau;
Keniya;
Madagaskar;
Mavrikiy;
Mozambik;
Togo;
Uganda;
Zambiya;
Iordaniya;
Kambodja;
Laos;
Livan;
Makao;
Maldiv;
Nepal;
Shri-Lanka;
Suriya;
Tailand;
Timor-Leshti.
Afrika:
Seyshel orollari — 1 oy;
Namibiya — 2 oy.
Yevropa:
Rossiya;
Belarus;
Armaniston;
Gruziya;
Kosovo — 90 kun;
Moldova — 90 kun;
Ukraina — 90 kun.
Okeaniya:
Kuk orollari — 1 oy;
Mikroneziya Federativ Shtatlari — 1 oy;
Niue — 1 oy;
Tuvalu — 1 oy;
Samoa — 60 kun.
Osiyo:
Qozog‘iston;
Malayziya — 30 kun;
Turkiya — 30 kun;
Qirg‘iziston — 60 kun;
Ozarbayjon — 90 kun.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter