O‘zbekiston armiyasida zobitlar iste’foga qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston armiyasida kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson o‘tgan ofitserlar tarkibiga qimmabaho sovg‘a va pul mukofoti berilishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, harbiy kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqiyga ega bo‘ladi. Harbiy qism shaxsiy tarkibi oldida tantanali tarzda istefoga kuzatiladi.
15 may kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqo‘rg‘on garnizonida podpolkovnik Asadullo Abdurahmonov o‘zgacha tarzda istefoga kuzatildi. Unga o‘zbekona to‘n va do‘ppi kiydirildi. Esdalik sovg‘alari qatorida «gayka klyuch berildi. Zahiradagi ofitser uchun bu kutilmagan va antiqa sovg‘a bo‘ldi. U 24 yildan buyon jangovar texnikalarga xizmat ko‘rsatish mutaxassisligida fidoyilarcha mehnat qilib kelgan.
O‘tgan yillar davomida rezervga bo‘shatilgan aksariyat harbiylarga uzoq umr ko‘rsin, deya hassa sovg‘a qilinar edi. Artilleriyachilarda esa biroz boshqacha, ya’ni ular safdoshini qurol maketi bilan siylashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter