Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga 173-davlat bo‘lib qo‘shildi

O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga 173-davlat bo‘lib qo‘shildi

Foto: «www.iom.int»

Joriy yilning 27 noyabr kuni Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT) - BMT Migratsiya agentligi Kengashining Jeneva shahrida ochilgan 109-sessiyasida ovoz berish natijasida O‘zbekiston Respublikasining MXTga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi murojaati qo‘llab-quvvatlandi.

MXTning yangi Bosh direktori Antonio Vitorino: «MXT oilasiga qo‘shilgani bilan O‘zbekistonni yuqori mamnuniyat ila qutlayman», deb e’lon qildi, - «Mamlakatingiz jahonning eng qadimiy va eng gurkiragan savdo yo‘llari o‘tgan go‘shalaridan biridir, shu sabab hududingizdan musofirlar ko‘hna davrlardan beri o‘tib borganlar. Tashkilotning Bosh direktori sifatida bu mening ilk bor a’zo davlatni qutlashimdir va boshqa a’zolarni ham qutlash imkoniyati bo‘lishiga umid qilaman».

O‘zbekistonning MXTga qo‘shilishi to‘g‘risidagi masala Kengash sessiyasining kun tartibiga O‘zbekiston hukumatining murojaatiga binoan kiritilgan. Sessiya ishida mamlakat nomidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari Bahodir Nizomov ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi MXTga qo‘shilgan so‘nggi davlat bo‘ldi.

«O‘zbekiston bilan hamkorligimiz O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan bo‘lgan va odam savdosidan jabrlangan shaxslar hamda yordamga muhtoj migrantlarga yordam berish asnosida, 2003-yilda boshlangan. 2015-yildan beri hamkorligimiz jadal sur’atlarda rivojlanib bordi, natijada shu kunga qadar ikkita Qo‘shma ish rejalari bajarildi va bu yil 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik yo‘l xaritasi O‘zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlandi»,-deydi MXTning Markaziy Osiyo bo‘yicha Submintaqaviy koordinatori, Missiya rahbari Deyan Keserovich.

«O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan chegaradoshdir. Deyarli 33 million aholiga ega ushbu mamlakat, mintaqadagi aholisi eng ko‘p mamlakat bo‘lishi barobarida, migrantlar kelib chiqish soni bo‘yicha ham yetakchidir. Endilikda chegaralarning ochilishi munosaba ti bilan, u qo‘shni mamlakatlardan kelayotgan migrantlar uchun tranzit hududga ham aylanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sib borayotgani natijasida, O‘zbekiston migrantlar uchun manzil davlatga ham aylanishi mumkin», -deyiladi tashkilot xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring