Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbek tilini bilishlari shart» — Alisher Qodirov Rossiya dumasi spikeri so‘zlariga munosabat bildirdi

«O‘zbek tilini bilishlari shart» — Alisher Qodirov Rossiya dumasi spikeri so‘zlariga munosabat bildirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari  Alisher Qodirov Rossiya dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning so‘zlariga munosabat bildirdi.

Volodin Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishi kerakligini qayd etgan.

«So‘zsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu O‘zbekistonda yashayotgan ruslarni o‘zbek tilini bilishlari shart emas degani emas!

O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart.

Qonunlarimizda bosqichma-bosqich bog‘cha va boshlang‘ich ta’limda boshqa millatli vatandoshlarga o‘z ona tili va qadriyatlarini o‘rganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, o‘zbek tili majburiy o‘rganadigan til sifatida belgilanishi kerak.

O‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishishimiz kerak», — deydi Alisher Qodirov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring