Ozarbayjon Madaniyat markazida O‘zbekiston Mustaqilligining 31 yilligi nishonlandi

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram mehmonlari «Mustaqillikning 31 yilligi muborak, aziz O‘zbekiston» nomli kitob va fotosuratlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Tadbirda O‘zbek-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati rahbariyati, mahalliy ozarbayjonlar, O‘zbekistonning madaniyat arboblari, ziyolilar, universitet o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarni Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov qutlab, ularni ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi. Direktor O‘zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirdi.
Shuningdek, Samir Abbasov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 21-22 iyun kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi haqida gapirib, O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan samarali muzokaralar olib borilgani, hamkorlikni chuqurlashtirishga doir qator hujjatlar imzolanganini qayd etib,bu Ozarbayjon va O‘zbekiston hamkorligining yangi bosqichiga asos solganini ta’kidladi.
S.Abbasov shuningdek, 44 kunlik Vatan urushi haqida gapirarkan, bosqindan ozod qilingan Fuzuliy shaharida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘rta maktab qurilishi boshlanishini ma’lum qilib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi ushbu maktab qurilishini o‘z zimmasiga olgan va qurilish loyihasi Ozarbayjon hukumatiga taqdim etilgani xabar qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter