«O‘tgan yili bir milliondan ortiq kishi ish so‘rab murojaat qildi» — vazir
2020-yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga 1 milliondan ortiq kishi ish so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Bandik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ma’lumot berdi.
«2020-yilda pandemiya munosabati bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga odatdagidan ko‘ra 2-3 barobar ko‘proq mas’uliyat yuklandi. Turli korxonalar faoliyatini tugatishga majbur bo‘ldi va buning ortidan fuqarolar ishsiz qoldi.
O‘tgan yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga 1 million 96 ming nafar fuqaro murojaat qildi. Ularning 362 ming nafariga ishga joylashish bo‘yicha ko‘mak berildi, 521 ming nafari vaqtinchalik haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 36 ming nafar fuqarolarga dehqonchilik qilishi uchun subsidiyalar ajratildi, 12 ming nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya berildi».
Eslatib o‘tamiz. yozda Mehnat vaziri Rossiya chegaralari yopilgani sabab qariyb 500 ming fuqaro ishsiz qolganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter