Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orol tubidagi 10 gektar hududga 10 mingga yaqin saksovul ko‘chatlari ekildi

Orol tubidagi 10 gektar hududga 10 mingga yaqin saksovul ko‘chatlari ekildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda vazirlikning Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Iveco Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Orol tubidagi 10 gektar hududga 10 mingga yaqin saksovul ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, mazkur hududda institut olimlari tomonidan ekotizimni tiklashga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bunda cho‘l hududida yaylovlarni barpo etish, yashil qoplamalar bilan qoplash, Orol tubidan ko‘tariladigan chang-to‘zonlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, iqlim o‘zgarishi davrida yerlar degradatsiyasini kamaytirishga ilmiy tomonlama yondashish maqsad qilingan.

Ma’lumot uchun, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, 2018–2023 yillar davomida Orol dengizi tubida 1 mln 730 ming gektar o‘rmonzor barpo etildi, ya’ni 17 ming km kvadrat maydon ko‘kalamzorlashtirildi. 2024 yilda esa jami 150-200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan.

Bugungi kungacha o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 192,63 tonna cho‘l o‘simliklari urug‘lari, jumladan, 71,96 tonna saksovul, 120,67 tonna qorabaroq cho‘l o‘simliklari terilib, ekishga tayyorlandi. Shuningdek, 2,7 ming gektar maydonda saksovul, qandim, cherkes kabi cho‘lga chidamli o‘simliklarning urug‘ hamda ko‘chatlari ekilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring