Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
Tatuirovkalar teri saratonini o‘z vaqtida sezishni qiyinlashtiradi, deb ogohlantirdi onkolog Yevgeniy Cheremushkin. Shifokor News.ru saytiga bergan intervyusida tatuirovkaning xavfliligi haqida gapirib o‘tdi.
Shifokorning aytishicha, tatuirovkaning o‘zi kasallikning rivojlanishiga turtki bo‘lmaydi, ammo u o‘z vaqtida tashxis qo‘yishga xalaqit berishi mumkin. «Tatuirovka teri saratoni rivojlanishiga olib kelishi mumkin emas, ammo u tufayli siz saraton o‘simtasini yoki terining o‘zgarishini osongina o‘tkazib yuborishingiz mumkin, chunki bu muhim alomatlardan biri sanaladi», dedi Cheremushkin.
Onkologning qo‘shimcha qilishicha, allergiyaga moyil bo‘lgan odamlar tatuirovka qilish masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashishlari kerak, chunki bo‘yoq allergik reaksiyani qo‘zg‘atishi mumkin. «Tatuirovka, albatta, terining shikastlanishidir. Shu sababdan undan voz kechish foydalidir», - deb maslahat berdi shifokor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter