Olti nafar o‘zbekistonlik Turkiyadan vatanimizga kuzatib qo‘yildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berishicha, Turkiya janubidagi zilzila oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi Adana shahridan dastavval Mersin, undan so‘ng Istanbul shahriga evakuatsiya qilingan edi.
9-fevral kuni ushbu fuqarolarga Bosh konsulxona tomonidan vatanga qaytish uchun zarur hujjatlar tezkor ravishda rasmiylashtirilgan. Ular uchun diplomatik vakolatxona va faol vatandoshlar yordamida aviachiptalar xarid qilinib, vatanimizga kuzatib yuborilgan.
Bosh konsulxona fuqarolarimizga yordam bergan barchaga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter