Olmaliqdagi xonadonga echkiemar kirib qoldi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida yashovchi Isroilovlar oilasidan murojaat kelib tushgan.
Murojaat borib o‘rganilganida fuqaro Sirojiddin Isroilovning uyiga bir bosh dala echkiemari kirib qolgani va unga hech qanday jarohat yetkazilmagani ma’lum bo‘lgan.
Echkiemar salomatligi yaxshi bo‘lganligi sababli aholi yashash joyidan uzoqqa, ular yashashi uchun mos keladigan hududga qo‘yib yuborilgan.
Ekologiya vazirligining eslatishicha, xonadoningizga Qizil kitobga kiritilgan, noyob, yirtqich jonivorlar kirib qolsa yoki shu holatga guvoh bo‘lsangiz vazirlik yoki vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter