Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ogohlik: plastik kartalardan pul yechib oluvchi firibgarlardan ehtiyot bo‘ling

Ogohlik: plastik kartalardan pul yechib oluvchi firibgarlardan ehtiyot bo‘ling

Foto:«Xabar.uz»

Iste’molchilar federatsiyasi fuqarolarimizni plastik kartalardan pul yechib oluvchi firibgarlardan ogohlantirdi. 

Plastik kartadagi mablag‘larni o‘maruvchi kimsalar go‘yoki ma’lum miqdordagi summani Sizga o‘tkazib berish bahonasida, karta egasi ishonchiga kiradi va kerakli kodni bilib olib, plastik hisobidagi summani yechib oladi. Yoki soxta yordam beruvchi qiyofasiga kirib, tegishli plastikka yordam mablag‘larini o‘tkazib olib, so‘ng juftakni rostlaydi.

«Yurtdoshlarimiz orasida bu kabi holatlarning sodir bo‘lishida ularning moliyaviy savodxonligi yetishmasligidan va yoki komunikatsion texnologiyalar, qurilmalarni to‘g‘ri va xavfsiz ishlatishni bilmasliklari oqibatida yuz bermoqda» – deydi Markaziy bank To‘lov tizimlari departamenti direktori Ulug‘bek Mahmudov. 

Plastik karta egalari quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur:

Bank plastik kartalarini, ularning pin-kodini begona shaxslarga bermang.

Cvv yoki cvc maxsus kodlarini, bank plastik kartasining hisobraqamini, shuningdek, karta raqami va amal qilish muddatlarini boshqalarga ma’lum qilmang.

Bank plastik kartasini bankdan olganda maxfiy kalit so‘z ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ushbu kalit so‘zni oshkor etmang.

Bir nechta bank plastik kartalariga ega bo‘lingan holda ularning pin-kodlarini boshqalaridan farqli qilib o‘rnating.

Savdo nuqtalari atrofdagi begona shaxslar orasida karta pin-kodini ma’lum qilmang va to‘lov terminallariga pin-kodni shaxsan kiriting.

Bankomatlar, to‘lov shohobchalaridan foydalanilganda kartani qo‘yish, pin-kodni kiritish qurilmalari oldidan shubhali qoplamalar (skimming qurilmalari) mavjud emasligini tekshiring.

Masofadan turib internet tarmog‘i orqali mobil dasturiy ilovalar yordamida elektron to‘lovlarni yoki pul o‘tkazmalarini amalga oshirish davomida to‘lov amaliyotini tasdiqlovchi maxsus kodni oshkor etmang.

Internet tarmog‘i orqali elektron to‘lovlarni begona kompyuter va mobil qurilmalar orqali o‘tkazmang (bunda karta haqidagi ma’lumotlar hamda ruyxatdan o‘tish uchun zarur login va parollar ushbu qurilmalarda saqlanib qolish xavfi mavjud);

Shubhali bo‘lgan, ishonchliligi tasdiqlanmagan internet saytlarida, shuningdek yutuqli aksiyalarda bank plastik kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘llab pul o‘tkazmalarini amalga oshirmang.

Internet tarmog‘i orqali elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlardan bank plastik kartasi to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotlarni jo‘natmang;

Telefon orqali bank sohasi mutaxassisi sifatida o‘zini tanishtirib turli sabablar asosida karta to‘g‘risidagi konfidensial ma’lumotlarni so‘ragan shaxslarga ularni oshkor etmang va bu haqida bankka zudlik bilan murojaat qiling.

Bank plastik kartasi uchun SMS-xabarnoma xizmatini begona shaxslar telefon raqamiga ulamang.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring