«Odnoklassniki»dagi 400 dollarlik sharmandalik...
Samarqand shahrida yashovchi M.M. (1990-y.t.) ichki ishlarga murojaat qildi. Uning aytishicha, turli sharmandali yozuvlar bilan aks etgan fotosuratlari «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ida «Zamira» degan nom bilan ochilgan profilda joylashtirilgan. U profil foydalanuvchisi bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘lanib, fotosuratlarni o‘chirib tashlashni so‘ragan, profil egasi esa buning evaziga 400 AQSh dollari berishni talab qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida tovlamachilik qilib pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs Samarqand shahrida yashovchi Z.Z. ekanligi aniqlandi. U pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Z.Z.ga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter