Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo: yangi haftada sovuq qaytishi prognoz qilinmoqda

Ob-havo: yangi haftada sovuq qaytishi prognoz qilinmoqda

Foto: Xabar.uz

21-23-dekabr kunlari respublika hududi biroz sovuqroq harorat kutiladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur havo to‘lqin dekabr oyi birinchi o‘n kunligi oxiri va ikkinchi o‘n kunlik boshlaridagi kabi anomal sovuq havo to‘lqini emas.

Ushbu havo to‘lqini janubda haroratni kunduzlari +10 daraja, shimol, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +3 +5 daraja iliq, respubliyeaning boshqa viloyatlarida esa +8 darajaga ko‘tarilishini keltirib chiqaradi.

Bu sovuq havo to‘lqini haroratni bugungi kun haroratidan 2-3 daraja past bo‘lishini ta’minlaydi.

20-dekabr kuni Qoraqalpog‘istonda, 21-22 dekabr kunlari tog‘larda qor yog‘ishi mumkin.

Hozircha mutaxasislar prognozida kelayotgan besh kunlikda respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmalari mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dekabrning boshida havo harorati keskin pasayib ketdi. Oy o‘rtasiga kelib, sovuq antitsiklon mintaqadan chiqib ketgach, biroz iliq iqlim sharoiti uning o‘rnini egalladi, harorat 18 darajagacha isidi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring