OAV: Surxondaryo hokimi Bahodir Po‘latov ishdan olindi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgan. Yig‘ilish 1-aprelda bo‘lib o‘tgan. Bu haqda «Minbar» xabar berdi.
Xabar qilinishicha, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim vazifasini bajarib turibdi.
Shu kunlarda Surhondaryoda 5-10-aprelda bo‘lib o‘tadigan xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in ketmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Bahodir Po‘latov shu tashkiliy ishlar va boshqa rasmiy tadbirlar, yig‘ilishlarda qatnashmagan.
Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov 2018 yilda Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangandi. Viloyatning oldingi hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatiga rahbar bo‘lib ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter