Norin, kabob, pahlava orasida — 286 ming dollar!

Toshkent xalqaro aeroportida 286,9 ming AQSh dollari noqonuniy olib chiqilayotganda ushlab qolindi. Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu holat tasvirlangan videoni taqdim qildi.
Videoda naqd xorijiy valyutalar norin, kabob, pahlava kabi yeguliklar orasiga yashirilgani ko‘rinadi.
Hodisaning batafsil reportaji bugun telekanallarning kechki informatsion dasturlarida hamda Davlat bojxona qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida namoyish qilinishi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter