Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O’zbekistonlik bolalar turli davlatlar elchixonalari va BMT agentliklari vakillari bilan uchrashishdi

O’zbekistonlik bolalar turli davlatlar elchixonalari va BMT agentliklari vakillari bilan uchrashishdi

Foto: «UNICEF»

21 noyabr kuni, Jahon bolalar kuni munosabati bilan yoshlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalar, OIV bilan yashayotgan qiz va o‘g‘il bolalar sifatli ta’lim, o‘qish va o‘yin uchun xavfsiz joylar, hamda atrof- muhit muhofazasi kabi o‘zlarini tashvishlantirgan masalalar haqida Jahon bolalar kunida gapirish uchun bir nechta elchixonalarga, Birlashgan millatlar tashkiloti vakolatxonasiga va «Ucell» kompaniyasi ofisiga tashrif buyurdilar. Bu haqda «Xabar.uz»ga UNICEF axborot xizmati xabar berdi.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, Ucell kompaniyasining bosh direktori Toni Gryunberg va elchilar bilan uchrashganlarida bolalar o‘zlarining kundalik turmushlari, o‘z orzu-umidlari va ularni rag‘batlantiruvchi omillar haqida so‘zladilar.

Foto: UNICEF axborot xizmati

«Bugun biz rahbarlardan hamma bolalarning huquqlarini, ya’ni har bir bolani maktabda o‘qishi, unga zarar yetkazilishidan holi bo‘lishi hamda o‘z salohiyatini to‘liq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun, hozir va kelgusi avlodlar uchun bolalar huquqlarini amalga oshirishni so‘rayapmiz. Bolalarni birinchi o‘ringa qo‘yish va har bir siyosatda bolalarning huquqlarini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi»,- deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann, - «Bu shuningdek bolalar uchun hukumat, biznes, ta’lim institutlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa soha vakillariga o‘z ehtiyojlari, istaklari va muammolari haqida gapirish orqali o‘z ovozlarini eshittirish imkoniyati hamdir».

Jahon bolalar kuni har yili 20 noyabrda, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan sanada nishonlanadi. Ushbu kun «bolalar uchun, bolalar tomonidan» global haraktlar kunidir. Jahon bolalar kuni dunyo bo‘ylab bolalar huquqlari haqida xabardorlikni oshiradi. O‘zbekistonda, ushbu sana bir nechta elchixona va BMT tomonidan bolalarning fikrini tinglash orqali nishonlandi.

Bir guruh bolalar Yaponiya elchisi bilan uchrashganda atrof-muhitni himoya qilish, jumladan Orol dengizi muaamosini muhokama qilishdi. Ular ta’lim muassasalarida zo‘ravonlikning oldini olish haqida ham fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Bolalar Shveysariya elchixonasiga tashrif buyurib, yordamga muhtoj bolalarning huququlari, xususan OIV bilan yashayotgan bolalarga yordam berish haqida elchi bilan suhbatlashdilar. Yoshlar stigma, ya’ni OIV bilan yashayotgan insonlarni ajratish masalasini muhokama qildilar.

Foto: UNICEF axborot xizmati

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Oliver Shaf o‘z mamlakatida ta’lim va xabardorlikni oshirishga qaratilgan, davlat tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli axborot kampaniyalari haqida gapirib berdi. Elchi ushbu mavzuga bag‘ishlangan suhbatlar davom etishiga umid bildirdi. 

«Bu juda ham yaxshi tashabbus. Biz odatda bolalar ovoziga quloq solmaymiz, aksincha ularning ovozini eshitishimiz zarur. Ota-ona bo‘lgan har bir inson uchun bu jarayon uyda boshlanadi. Bunday aniq fikrlaydigan, o‘zlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar haqida bu yerga suhbatlashish uchun kelgan bolalarni ko‘rish kishini ilhomlantiradi»,- dedi elchi.

Buyuk Britaniya elchixonasida bolalar elchi Kris Allanni ta’lim, ta’lim olish va ish bilan ta’minlanishda qizlar va o‘g‘il bolalar uchun teng imkoniyatlar, inklyuziv ta’lim va nogironligi bo‘lgan odamlarni ish bilan ta’minlash masalalari haqida savollarga tutishdi.

Foto: UNICEF axborot xizmati

Janubiy Koreya elchixonasida yoshlarga va bolalar ishtirokiga sarmoya qilish haqida gapirildi.

«Ko‘pincha kattalar o‘zlarining fikrlarini doim to‘g‘ri deb hisoblashadi. Biroq, bolalarga quloq solish va ularning fikrini inobatga olish zarur. Ularning fikr va takliflariga befarq bo‘lmasligimiz kerak»,- deydi elchixona maslahatchisi Kim Dje U.

Bolalar, shuningdek, O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash uchun 280 million AQSh dollari hajmida hissa qo‘shuvchi Bolalar Birlashgan millatlar tashkilotining mamlakatdagi vakolatxonalari rahbarlarini jiddiy savollarga tutdilar.

«Jahon bolalar kunida biz nafaqat istak, balki Birlashgan millatlar tashkiloti sifatida bolalarning kelajagi porloq bo‘lishi uchun ularni qanday qo‘llab-quvvatlashimiz kerakligi haqida o‘ylash majburiyatiga egamiz», - deydi O‘zbekiston Respublikasidagi BMTning doimiy koordinatori va BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Xelena Freyzer, - «Bu bolalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradigan, ish olamiga va samarali hayot kechirishga hamda kelgusi avlodning ota-onalari bo‘lishga tayyorlaydigan kelajakdir».  

Bolalar ishtirok etgan tadbirlardan yana biri biznes olami bilan tanishish bo‘ldi. Ular O‘zbekistondagi aloqa operatori «Ucell» kompaniyasining markaziy ofisiga tashrif buyurib, yordamga muhtoj bolalarning bandlik masalalariga diqqat e’tiborni qaratishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring