Navro‘z bayramida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Bugun xabar berganimizdek, Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida Navro‘z bayramini nishonlashga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi.
Majlisda ishtirok etgan muxbirimizning xabar berishicha, bayramni yuqori savida o‘tkazish uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishi qayd etilgan.
Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, bayram arafasida ayrim elchixonalar hamda xalqaro tashkilotlar binolarida xavfsizlik masalalari kuchaytiriladi. Vilotlardagi tadbirlarda ham xavfsizlikni ta’minlash uchun Milliy gvardiya, IIV, FVV va chegara qo‘shinlari jalb etiladi. Milliy gvardiya qo‘mondonining aytishicha, bugungi kunda 1,5 ming xodim joylarda ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda bayramga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter