Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda hirsga berilgan shifokor qo‘lga tushdi

Navoiyda hirsga berilgan shifokor qo‘lga tushdi

Foto: Navoiy viloyati IIB

Joriy yilning 12-fevral kuni Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida sodir bo‘lgan holat na axloq odob, na insoniylik tamoyillariga mos kelmaydi, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, markazda Nevrologiya bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan K.R tibbiyot xodimiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etib, o‘z shahvoniy hirsini qondirish maqsadida bo‘limda davolanish uchun yotgan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning onasi T.L.ni farzandining davolanganligi bo‘yicha bir yarim oy davomida kasallik varaqasi(ko‘chirma)ni bermasdan kelayotganligi, qarshiligiga qaramasdan kasallik varaqasini berish uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.

«Nafs va hirs yo‘liga kirgan shifokor qing‘ir maqsadini amalga oshirolmadi. 2022-yilning 12-fevral Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy shahar Guliston-2 MFY 2-uyning beshinchi qavatidagi raqamsiz xonadonga K.R o‘zi bilan T.L ni olib kirgan vaqtida ushlandi», deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 121-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring