Namanganlik fermerlar Prezidentga bergan va’dalarini bajarishdi (foto)

2017-yil 7-8-iyul kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan viloyatidagi bir guruh fermerlar bilan uchrashgan edi. Fermerlar o‘z mahallalarida Xalq kutubxonalarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan edilar.
Jumladan, Norin tumani fermerlar nomidan so‘zga chiqqan Toshkent MMTP hududidagi «Mahmudjon ota nabirasi Burhonjon» fermer xo‘jaligi rahbari Nabijon Mamadaliyev tuman aholisi, yoshlar, o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kutubxona va kitob do‘koni qurishni rejalashtirayotganini aytib o‘tgan edi.
Norin tumanida N.Mamadaliyev tashabbusini qo‘llab, 3 fermer tomonidan zamonaviy jihozlangan qulayliklarga ega kutubxona foydalanishga topshirildi.
Qozoqovul MFYdagi 4 mahalla biriktirilib, jami 14 275 nafar aholi, 400 nafar o‘quvchi uchun «Siddiqov Nodirbek» fermer xo‘jaligi rahbari Nodirbek Siddiqov tomonidan 70 mln. so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari, Toshloq MFYdagi 4 mahalla biriktirilib, 10 835 nafar aholi, 600 nafar o‘quvchiga «Bo‘stonliq Anvarjon» fermer xo‘jaligi rahbari Umarov Anvarjon tomonidan 80 mln. so‘mlik ta’mirlash ishlarini, Haqqulobod markazida «Mahmudjon ota nabirasi Burhonjon» fermer xo‘jaligi rahbari Nabijon Mamadaliyev tomonidan 270 mln. so‘mlik ta’mirlash ishlari bajarilib, har birida 3 ming donadan kitob qo‘yildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etib, har bir ochilgan kutubxonaga Namangan shahridagi «Kitob dunyosi» do‘konidan 20 million so‘mdan, jami 60 million so‘mlik kitob sovg‘a qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter