Namanganlik erkak rashk tufayli o‘z ayolini tarozining toshi bilan urib o‘ldirdi
Kecha, 7-mart kuni Namangan viloyatining Namangan tumanida mudhish voqea sodir bo‘ldi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 1960-yilda tug‘ilgan S.Qurbonov uyida rashk oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i, uy bekasi, 1967-yilda tug‘ilgan T.Qurbonovaning bosh qismiga tarozi toshi bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada T.Qurbonova voqea joyida vafot etgan. S.Qurbonov qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter