Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda tug‘ilgan uch egizakka Ziroatxon, Saida va Shahnoza ismlari qo‘yildi

Namanganda tug‘ilgan uch egizakka Ziroatxon, Saida va Shahnoza ismlari qo‘yildi

Foto: Oqilxon Dadaboyev

Chortoq tumani «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Adham Qodirovlar oilasida bir yo‘la uch chaqaloq dunyoga keldi.

Chortoq tumani hokimligi axborot xizmatidan xabar berishlaricha, ota-ona yangi tug‘ilgan farzandlariga Ziroatxon, Saida va Shahnoza ismlarini qo‘yishdi, deya xabar berdi jurnalist Oqilxon Dadaboyev.

Chaqaloqlar sog‘lom va tetik. Vazn va bo‘y me’yorda o‘smoqda.

Adhamjon va Odinaxonlar bungacha uch nafar qiz farzandning ota-onasi bo‘lgan. To‘ng‘ich qiz – Madinabonu Abdulxafizova 5-sinf, ikkinchisi – Mushtariy 2-sinf o‘quvchisi. Uchinchisi – Muslima 6 yoshda.

Odinaxon Altimeshova asli Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidan. U 2006-yil noyabrda Chortoqqa kelin bo‘lib tushgan. Hozirda ro‘zg‘or yumushlari, farzandlar parvarishi va tarbiyasi bilan band.

Turmush o‘rtog‘i Adhamjon Qodirov usta. 

Go‘daklarga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va oziq-ovqat mahsulotlari topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring