Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan shahri tarkibidagi yangi tumanga hokim tayinlandi

Namangan shahri tarkibidagi yangi tumanga hokim tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-noyabrdagi qaroriga muvofiq Namangan viloyati Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumani tashkil etilgandi.

Bunga qadar Namangan viloyati hokimligi Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Anvar Tojimirzayev ushbu tuman hokimi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Davlatobod tumani tarkibiga Namangan shahrining «Yuksalish», «Navro‘z», «Nurobod», «Gulshan», «Orzu», «Porloq», «Navbahor», «Mustaqillik», «To‘quvchi», «Umid», «Yangi tong», «Xalqlar do‘stligi», «Davlatobod», Quyi G‘irvon», «Yuqori G‘irvon», «O‘rta G‘irvon», «Bog‘», «Elobod», «Gulobod», «Irvadon», «Shishaki», «Quyi Rovuston», «O‘rta Rovuston», «Yuqori Rovuston» va «Yelxon» mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududlari o‘tkazilishi nazarda tutilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring