Namangan hokimining sobiq o‘rinbosari YTHda vafot etdi

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Manzuraxon Azizova yo‘l-transporti hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Manzuraxon Azizova 40 yil mobaynida Namangan viloyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.
2008-yilda Uchqo‘rg‘on tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2009-2015-yillarda Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
2017-yildan buyon esa Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter