Namangan: 250 fuqarodan 200 nafari kamchiqim to‘yga rozi
Namanganda FHDYo bo‘limlari tomonidan ham fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, to‘y va boshqa marosimlarni kamchiqim, karantin talablari asosida o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot qilinmoqda.
Buning natijasida pandemiya davrida nikohdan o‘tgan 250 nafar fuqaroning 200 nafar kamchiqim to‘y qilishga roziligini bildirdi.
Qo‘shimcha sifatida takidlash joiz, Namangan viloyatining tuman (shahar) FHDYo bo‘limlari tomonidan 2020 yildan xozirga qadar 41 028 ta xizmat ko‘rsatildi.
Karantin davri bo‘lishiga qaramay 15.778 nafar fuqaroga tug‘ilish, 2.860 nafar fuqaroga o‘lim hamda 1.244 nafar fuqaroga nikoh guvohnomalari topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter