Mutaxassislar qarishni tezlashtiradigan ayrim mahsulotlarni oshkor qilishdi
Turkiyalik mutaxassislar tananing qarishini tezlashtiradigan oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tdilar. Bu haqda «Sabah» nashri xabar bermoqda.
Tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar terining sifatini yomonlashtiradi va ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Sababi, shakar tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar yetkazishi mumkin.
Qahva, tuz va qayta ishlangan go‘shtlar terining qarishini tezlashtirishi mumkin, bu esa suvsizlanishga olib keladi.
Tez tayyor bo‘luvchi ovqatlar, qovurilgan yog‘li ovqatlar, margarin va konservalar yurak kasalliklari va qon tomirlari muammolariga olib kelishi mumkin. Masalan, qovurilgan kartoshka yoki ko‘mirda tayyorlangan go‘sht terining hujayralariga zarar yetkazadi.
Shuningdek, qon tomirlarini kengaytiradigan va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadiganlar taomlar ro‘yxatida achchiq ovqatlar ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter