Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy taomlar»dan o‘g‘irlangan go‘sht arzimagan pulga sotib yuborildi

«Milliy taomlar»dan o‘g‘irlangan go‘sht arzimagan pulga sotib yuborildi

Foto: Xabar.uz

Andijon shahrida 2023 yil 8 iyun kuniga o‘tar kechasi noma’lum Cho‘lponshox ko‘chasida joylashgan «Milliy taomlar» oshxonasiga o‘g‘irlikka tushadi.

Qayd etilishicha, o‘g‘rilar 39 yoshli U.Sh.ga tegishli bo‘lgan bu oshxonadan narxi 11,6 mln. so‘mlik 134 kg mol go‘shtini, 240 ming so‘mlik 8 kg tovuq son go‘shti (okorochka)ni, 682 ming so‘mlik 22 kg. butun tovuq go‘shti(gril)ni, 150 ming so‘mlik mol jigarini, 360 ming so‘mlik 40 dona sixlarga o‘tkazilgan shashlik go‘shtlarini, 240 ming so‘mlik barbekyu apparatini, jami bo‘lib 13 mln. so‘mdan ortiq go‘sht mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida mazkur jinoyatni 33 yoshli A.N. va 35 yoshli N.J.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib sodir qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.N. va N.J.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchilardan o‘g‘irlangan go‘sht mahsulotlarini nima qilganliklarini so‘ralganda ular ushbu go‘sht mahsulotlarini boshqa shaxslarga 500 ming so‘m evaziga sotib yuborishganini bayon etishgan.

Hozirda, ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring