Milliy gvardiyaga qabul tartibi e’lon qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga muvofiq, nomzodlarni harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish uchun tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi);
b) yakka tartibdagi suhbat;
v) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
g) psixologik test (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
d) maxsus tekshiruv;
ye) tibbiy ko‘rik.
Qayd etilishicha, erkak nomzodlar – 178 santimetr va ayol nomzodlar – 170 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak.
Nomzodlar o‘rganish komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
- anketa-ma’lumotnoma;
- o‘rta yoki o‘rta maxsus (kasb-hunar) yoxud oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (asli ko‘rsatilgan holda);
- asli ko‘rsatilgan holda harbiy guvohnoma nusxasi (erkak nomzodlar uchun).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter