MIBning Qoraqalpog‘iston boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Islambek Arziyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.Arziyev 1972-yil Nukus shahrida tug‘ilgan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1994-yilda boshlab mas’ul lavozimlarida ishlab kelgan.
Mazkur tayinlovga qadar u MIB Nukus shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter