MIB qoshidagi markaz agentlik tasarrufiga o‘tkazildi
20.02.2019 09:31
0
216
Foto: «Xabar.uz»
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi qoshidagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi va u mazkur Markazning ta’sischisi sifatida belgilandi.
Belgilab qo‘yilishicha:
davlat mulki ob’yektlarini (aksiyalardan tashqari) sotish bo‘yicha savdolar «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi;
2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat ko‘chmas mulk ob’yektlarini ijaraga berish bo‘yicha savdolar «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi;
davlat ko‘chmas mulk ob’yektlarini ijaraga berish uchun elektron savdolarga chiqarishda ular bo‘yicha ijara to‘lovining eng kam stavkasi ob’yektni balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish maqsadida ko‘rsatilgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ko‘rsatiladi;
«E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narx bo‘yicha qo‘yilgan davlat ko‘chmas mulk ob’yektlari ular to‘liq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter