Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB jamg‘armasiga ajratiladigan foiz miqdori pasaytirildi

MIB jamg‘armasiga ajratiladigan foiz miqdori pasaytirildi

Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF–5761, 09.07.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-avgustdan tabiiy gazni va elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablag‘lardan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar, qo‘shilgan qiymat va aksiz solig‘ini chegirib tashlab, 5 foiz miqdorda amalga oshiriladi.

Ilgari tushgan mablag‘larning 10 foizi o‘tkazilgan.

2019-yil oxirigacha Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanganlar soni 2,5 mlnga yetkaziladi hamda 2020-yil oxirigacha 100 foiz iste’molchilar tizimga ulanadi.

Buning uchun Jamg‘arma mablag‘laridan 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

2020-yil 1-yanvardan prokuratura organlari xodimlari bir qismining ta’minoti Jamg‘armadan Davlat budjetiga o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring