Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Men o‘zim qiynalib o‘sganman, uzoq qishloqdan chiqqan odamman» – Shavkat Mirziyoyev

«Men o‘zim qiynalib o‘sganman, uzoq qishloqdan chiqqan odamman» – Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rish vaqtida ushbu uylarning biriga ko‘chib kelgan mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadoniga kirdi va dasturxon atrofida dildan suhbatlashdi.

«Bugun men bu yerga kelishimdan maqsad mana shu Buxoroning ertangi kuni, yoshlarimizga bo‘lgan e’tibor, yoshlarimizning ertangi kuni va xalqimizning sharoitini to‘g‘rilash», – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ne’mat ota Xotamov avval sharoiti yo‘q uyda yashab qiynalgani, bu uyni esa 1 yilda qurib berishganini ta’kidladi. Prezident bilan suhbatlashgan xonadon bekasi yangi uydan mamnun ekanini bildirib, Shavkat Mirziyoyevga rahmat aytdi.

«Avvalo, sizga rahmat, shularni yuragingizdan aytganingiz uchun. Men o‘zim qiynalib o‘sganman, uzoq qishloqdan chiqqan odamman. Mehnatim bilan o‘qishga kirib, odamlarning armonini, qiynalganini bilganman», – dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring