Mass-media fondiga yangi direktor tayinlandi
Mass-media fondi Vasiylik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida fond direktori lavozimiga Nozima Davletovaning nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda Nemolchi.uz xabar berdi.
N.Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis.
U «Xalqaro muzokaralar» sohasida universitetda dars berish tajribasiga ega, gender masalalari bo‘yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Davletovadan avval Aleksandra Kolesnichenko va Akbar Rizayevlar ushbu lavozimda faoliyat yuritishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter