Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy idoralar ixchamlashtiriladi, vazirlik va idoralar esa…

Markaziy idoralar ixchamlashtiriladi, vazirlik va idoralar esa…

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari qasamyoddan so‘ng so‘zlagan nutqida davlat idoralarini transformatsiya qilish va ixchamlashtirish haqida gapirib o‘tdi.

— Navbatdagi muhim vazifamiz – markaziy idoralarni transformatsiya qilish orqali, fuqarolarga xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratishdan iborat.

Buning uchun, eng avvalo, vazirlik va idoralarni tashkil etish va tugatishning tartibi, ularni bir-biridan farqlab turadigan mezonlar, tarkibiy tuzilma va shtatlarni belgilashga oid aniq talablar ishlab chiqiladi.

Shu asosda bir xil yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi.

Markaziy idoralarning hududiy tuzilmalar bilan ishlash jarayoniga yangicha yondashuvlarni joriy etib, eskirgan byurokratik usullardan voz kechamiz.

Bunda, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tezkorlik bilan mustaqil hal etish bo‘yicha vazirlik va idoralarning vakolatlari yanada kengaytiriladi.

Har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, Xalq qabulxonalari tom ma’noda xalq ovozini, jamoatchilik fikrini ifoda etadigan tuzilmaga aylanishi uchun, qo‘shimcha huquqiy asoslar yaratiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring