Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mansabdorlarning har ikkinchisi korrupsioner»mi?

«Mansabdorlarning har ikkinchisi korrupsioner»mi?

Foto: «Kun.uz»

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 66 foizdan ko‘prog‘i mamlakatda korrupsiya tarqalgan, deb hisoblamoqda. So‘ralganlarning 29 foizi fikricha, O‘zbekistondagi mansabdorlarning har ikkinchisi poraxo‘rdir. Oliy Majlis yuqori palatasi raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019-yil 15-iyunda Senatda bo‘lib o‘tgan majlisda shu raqamlarni keltirib o‘tdi, deb xabar qiladi Kun.uz.

Yo‘ldoshev, shuningdek Transparency International tashkilotining 2018-yil uchun e’lon qilgan «Korrupsiyani his qilish indeksi» ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning bildirishicha, O‘zbekiston mazkur indeksda 100 ballik tizimda 23 ball olgan. Bu 2017-yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 1 ball ko‘p, biroq umumiy reytingda O‘zbekiston bir pog‘ona pastlab, 180 davlat orasida 158-o‘rinni egallagan.

Senat raisining ta’kidlashicha, «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan joriy yilda o‘tkazilgan korrupsiya bo‘yicha so‘rov natijalari ham xavotirlidir. Chunki, so‘rovda qatnashganlarning 66,5 foizi O‘zbekistonda korrupsiya singari salbiy holat tarqalgan, deb hisoblamoqda. Qariyb 17 foiz ishtirokchilar korrupsiya hamma joy va sohalarni qamrab olgan, degan fikrda bo‘lsa, so‘ralganlarning 29 foizi mansabdorlarning har ikkinchisi korrupsioner, deb hisoblaydi.

«Siz va bizni mas’ul sifatida o‘ylantiradigan yana bir ko‘rsatkich borki, u barchamizni tom ma’noda ogohlikka chaqirishi kerak. So‘rovda ishtirok etganlarning 26 foizi mamlakatda korrupsiyaga qarshi o‘tkazilayotgan kurashda ochiqlik va oshkoralik, uni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlari yetarli emas va bu holat korrupsiyaning asosiy sabablaridan deb hisoblaydi», — dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring