Malayziyaga muntazam reyslar tiklanishi mumkin
O‘zbekistondan Malayziyaga muntazam va charter reyslar tiklanishi mumkin. Bugun, 19 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Toshkentga kelgan Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kamarudin Jaffar bilan shu masalani muhokama qilgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Malayziya kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga e’tibor qaratilgan.
Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaganlar.
O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, turizmni rivojlantirish, muntazam va charter reyslarini tiklash bo‘yicha o‘zaro chora-tadbirlar ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
Ma’lumot uchun, pandemiyadan oldin Malayziyaga Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar bor edi, lekin keyin olib tashlangandi. Hozir ham qaysidir davlatlar orqali reyslar qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter