Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalladagi xotin-qizlar faolining ish haqi belgilandi

Mahalladagi xotin-qizlar faolining ish haqi belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

«Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–146-son, 01.03.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, mahallalardagi xotin-qizlar faollari lavozimlariga nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.

Ushbu lavozimga oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli nomzodlar tayinlanadi.

2022-yil 1-maydan mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

  • xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (2 mln 877 ming so‘m) miqdorida;
  • xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 288 ming so‘m) miqdorida;
  • xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (3 mln 699 ming so‘m) miqdorida.

2022-yil 1-avgustgacha mahallalardagi xotin-qizlar faollari «Ayollar daftari»ni yuritish, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda videokonferensaloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi planshetlar bilan ta’minlanadi.

Qaror bilan shuningdek, Bosh prokuratura tuzilmasida Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring