Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi vaksina topilsa, u O‘zbekistonga qanchalik tez yetib keladi?

Koronavirusga qarshi vaksina topilsa, u O‘zbekistonga qanchalik tez yetib keladi?

AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda inspeksiya boshlig‘i koronavirusga qarshi vaksina topilsa, kasallanganlarning qanchasi tuzalishi va u chet mamlakatlarda yaratilgan taqdirda qanchalik tez O‘zbekistonga yetib kelishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

«Vaksina davolash vositasi emas. Vaksinatsiya profilaktika maqsadida amalga oshiriladi. Mabodo vaksina ishlab chiqarilib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ushbu vaksinani samarali deb topib, keng jamoatchilikni emlash kalendari yoki epidemik ko‘rsatmaga asosan emlash lozim deb topilsa, shunga qarab keyingi taktika belgilanadi», - dedi Nurmat Otabekov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring