«Zarafshon» ko‘prigidagi mashg‘ulotda poyezd «portlatildi», minalar zararsizlantirildi (foto+video)
Xalqaro ahamiyatga ega «Zarafshon» avtomobil va temiryo‘l ko‘prigida Samarqand shahridagi Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida katta masshtabdagi tungi va kunduzgi o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga yetdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida o‘tgan 3 bosqichdagi maxsus o‘quv mashg‘ulotlarning birinchi kuni «Zarafshon» temiryo‘li ko‘prigi yaqinida 300 metr masofada harakatdagi poyezd shartli ravishda portlatildi. «Zarafshon-Jomboy» yo‘nalishida sodir bo‘lgan holatni o‘rganish va tezkor choralar ko‘rish maqsadida, IVV va FVVning tezkor guruhlari yetib keldi. Qisqa fursatda xavf bartaraf etildi. Izdan chiqqan vagonni relsga qo‘yish uchun 350 tonnali kran ishga tushdi. Yong‘in o‘chirildi. Yaradorlar qutqarilib, joy yana bir bor maxsus ko‘rikdan o‘tkazildi.
2 bosqichda tegishli kuchishlatar tuzilmalarning tezkor bo‘linmalari zimmasiga Xalqaro ahamiyatga ega «Zarafshon» avtomobil ko‘prigiga o‘rnatilgan minani zararsizlantirish hamda yo‘q qilish vazifasi yuklatildi.
Dastlab, minani o‘rnatgan shaxslar joylashgan ob’yekt aniqlanib, ularni qo‘lga olish bo‘yicha yig‘ma maxsus guruh tuzildi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarning 3 bosqichi Samarqand harbiy harakatlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilib, harbiy texnikalarni va moddiy vositalarni temiryo‘l poyezdiga yuklash va tashish kabi tadbirlarini o‘z ichiga oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter