Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p shakar sotib olgani uchun ushlangan shaxs o‘zini o‘ldirish bilan tahdid qildi

Ko‘p shakar sotib olgani uchun ushlangan shaxs o‘zini o‘ldirish bilan tahdid qildi

Toshkent shahridagi «Eski Juva» (Chorsu) bozorida ko‘p miqdorda shakar sotib olgan fuqaro aniqlangan va ichki ishlar xodimlari uni qo‘lga olgan paytda o‘z joniga qasd etish bilan tahdid qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u bir nechta nuqtada ertalabdan buyon navbatda turib qayta-qayta shakar sotib olgan. Fuqaroning avtomobili ko‘zdan kechirilganda, u xalta-xalta shakar sotib olgani aniqlangan. Fuqaroning aytishicha u shakarni sotish maqsadida emas, balki oila a’zolari va qarindoshlari uchun xarid qilgan.

Bozor rahbariyati, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari fuqaro bilan tushuntirish ishlarini olib borishga harakat qilishgan vaqtida fuqaro jazavaga tushib, o‘zini o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Fuqaro bozor ma’muriyatiga olib borilib, u sotib olgan shakar o‘lchanganda to‘rtovlon 158 kg shakar g‘amlagani aniqlangan. Ular 4 kishilashib sotib olgani uchun 20 kilogramm shakar va 1 380 000 so‘m pullari qaytarilgan.

O‘zbekistonda shakar tanqisligi va ajiotaji hamon davom etmoqda. Odamlar bozorlarda arzonlashtirilgan shakarni sotib olish uchun uzun navbatlar hosil qilmoqda.

Bunday navbatlar bor joyda esa har zamonda janjallar ham bo‘lib turibdi. Rasmiylar shakar tanqisligi yo‘qligini aytsa-da, do‘konlarda shakarning har bir kishiga o‘lchab berilishi yoki umuman shakar tugab qolayotgani ajablanarli hol.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring