Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva yangi lavozimni egallashdi
Bugun, 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.
Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko‘ra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoyeva Saida Shavkatovna uning o‘rinbosari etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z yerkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalardir.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda AOKA direktori v.b. Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ishdan ketgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter