Kollejga kiritaman deb 400 dollar olgan «uddaburon» ushlandi
3-noyabr kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1966-yilda tug‘ilgan H. tanishi S. ismli fuqaroning jiyanini Avtomobil yo‘llari kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 400 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Pora sifatida berilgan pul ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter