Kommunal to‘lovlar bo‘yicha kimlarga imtiyozlar beriladi?
Prezidentning 2003-yil 27-martdagi Farmoniga asosan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha eng kam ish haqi hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilgan.
Adliya vazirlining «Huquqiy axborot» kanali xabar berishicha, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga asosan kompensatsiya to‘lovlari quyidagilarga beriladi:
- 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
- fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
- Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
- ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari;
- Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter