Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar bojxona organlariga ishga kira olmasligi belgilandi

Kimlar bojxona organlariga ishga kira olmasligi belgilandi

foto: gazeta.uz

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–755-son, 18.02.2022 y.) bilan «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinmaydi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston yoki chet davlatning OTM va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring