Jurnalist Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqdi
Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik jurnalist va suhandon Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqdi. Bu haqda uning o‘z Telegram kanalida xabar berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mirzayev 11-dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingandi. U Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti ham hisoblanadi.
Jurnalist Abdukarim Mirzayev o‘zining televideniyedagi faoliyati hamda ibratli hikoyalarni so‘zlab berib, videolarini ijtimoiy tarmoqlarga joylab borishi orqali tanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter