Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaga sayohat qiluvchi o‘zbeklar soni salkam 30 foizga oshdi

Janubiy Koreyaga sayohat qiluvchi o‘zbeklar soni salkam 30 foizga oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-dekabr oylarida 23,9 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,4 ming nafarga yoki 29,1 % ga oshgan.

 Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Koreya Respublikasiga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

sayyohlik – 16 205 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 5 142 nafar;

o‘qish – 2 077 nafar;

xizmat yuzasidan – 427 nafar;

davolanish – 58 nafar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring