Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istiqbolli loyihalar agentligiga direktor tayinlandi

Istiqbolli loyihalar agentligiga direktor tayinlandi

Kuni kecha Prezident farmoni bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etilgan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish agentlikning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangandi.

2019-yilning 9-yanvaridan beri Loyiha boshqaruvi milliy  agentligi  direktori vazifasida faoliyat yuritgan Dmitriy Romanovich Li O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar agentligi direktori  lavozimiga tayinlandi.

Dmitriy Li mehnat faoliyatini xalq ta’lim tizimi ta’minoti sohasida boshlagan, keyinchalik mashinasozlik va metallurgiya sohasida turli rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring