Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilda favqulodda holat e’lon qilindi

Isroilda favqulodda holat e’lon qilindi

Isroil Livanga harbiy zarbalar berdi va o‘z hududida favqulodda holat e’lon qildi

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakatda 48 soatlik favqulodda holat joriy etilganini ma’lum qildi, deb yozadi Times of Israel. Bunga sabab Isroil harbiylarining 25 avgust kuni ertalab Livandagi Hizbulloh marralariga hujumlari bo‘lgan.

BBC rus xizmatiga ko‘ra, harbiylar Hizbulloh Isroilga raketa uchirishga hozirlik ko‘rayotganini va zarbalar aslida hujum oldini olish bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Hizbulloh, shuningdek, Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirganini aytdi - bu harakatning Bayrutda harbiy qanot qo‘mondoni yaqinda o‘ldirilganiga «dastlabki javob»dir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring