Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom Karimovning nabirasi blogerga turmushga chiqdi

Islom Karimovning nabirasi blogerga turmushga chiqdi

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Mariam Tillayeva «Xachning kundaligi» vlogining muallifi Amiran Sardarov bilan turmush qurgan. Bu haqda StarHit manbalariga tayanib xabar bermoqda.

To‘y marosimi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan. To‘yda faqat yaqin qarindoshlar va do‘stlar ishtirok etishgan.

Qayd etilishicha, rossiyalik mashhur bloger Amiran Sardarov kelindan taxminan 13 yoshga katta. Ular ko‘pincha birgalikda videolarda ko‘rinish bergan, ammo uzoq vaqt ularning munosabatlari ochiqlanmagan.

Sardarov 2020 yilda Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgan. Mariam Tillayeva esa onasi Lola Karimova-Tillayeva, otasi va ukasi hamda singlisi bilan AQShda yetti yildan beri yashaydi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yilda Sardarov Forbes talqiniga ko‘ra eng ko‘p maosh oladigan internet yulduzlari o‘nligiga kirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring