Ijtimoiy tarmoqlarda Bishkek savdo markazlarini boykot qilishga chaqiriqlar yangramoqda
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar 31-mart kuni Bishkek savdo markazlariga boykot e’lon qilish va ulardagi yong‘in xavfsizligi haqida hisobot talab qilishga chaqiriqlarni tarqatishayapti. Faollar o‘quv-mashq evakuatsiyasi o‘tkazishni ham talab qilayapti.
Chaqiriqlarning mualliflari savdo markazlari egalariga inson hayotining qimmati haqida eslatib qo‘yishni istayotganlarini ta’kidlashmoqda. Boykot Rossiyaning Kemerovo shahridagi falokat qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab e’lon qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning chaqirig‘iga «Asia Mall» savdo markazining rahbariyati javob berdi va 30-martda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashqlar bo‘lishini e’lon qildi.
25-mart kuni Kemerovoning «Zimnyaya vishnya» savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, yong‘inda 64 kishi halok bo‘lgan, 60 nafardan ko‘proq yordam so‘rab tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan, ulardan 15 nafari statsionar davolanishda. Yong‘inning 15 qurboni, jumladan 13 nafar bola tanib olingan.
27—29-mart kunlari Kemerovoda motam e’lon qilindi. Mintaqadagi shaharlar va qishloqlarda davlat bayroqlari tushirib qo‘yilgan, ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilingan.
Prezident Vladimir Putinning farmoniga ko‘ra Rossiyada 28-mart motam kuni deb e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter